Bu saytning kamroq internet sarflaydigan, faqat matndan iborat versiyasini ko‘rmoqdasiz. Barcha suratlar va videolarni o‘z ichiga olgan saytning asosiy versiyasini ko‘ring.
Zelenskiy ogohlantiruvi O‘zbekiston parvozlariga ta’sir qiladimi?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya osmonidan foydalanayotgan aviakompaniyalar, sug‘urta kompaniyalari va aeroportlar uchun kutilmagan ogohlantirish bilan chiqdi.
Uning aytishicha, Ukraina dron hujumlarini kuchaytirayotgani sababli "Rossiya osmoni tobora xavfli hududga aylanmoqda" va yaqin kelajakda amalda yopilib qolishi mumkin.
"Rossiya osmoni butunlay xavfli bo‘lib bormoqda. Ukraina fuqarolik aviatsiyasiga tahdid qilmayapti, ammo Rossiya osmonida dronlar soni shunday darajaga chiqadiki, buni hisobga olishga to‘g‘ri keladi", dedi Zelenskiy.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa bu bayonotni "davlat terrorizmi haqidagi bayonot" deb atadi va Moskva o‘z harakatlarini davom ettirishini bildirdi.
Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
G‘arb aviakompaniyalarining aksari 2022 yildan beri Rossiya osmonidan foydalanmaydi. Biroq Markaziy Osiyo, Xitoy, Turkiya va Yaqin Sharq aviakompaniyalari uchun Rossiya havo hududi hamon muhim tranzit yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Bu esa o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin.
So‘nggi yillarda Uzbekistan Airways va boshqa mintaqaviy tashuvchilar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk kabi shaharlarga yuzlab reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Rossiyada yuz minglab o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yashaydi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar Markaziy Osiyodagi eng gavjum yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Agar Ukraina dron hujumlari tufayli Rossiya ichidagi aeroportlar tez-tez yopila boshlasa, birinchi navbatda yo‘lovchilar reyslar kechikishi va bekor qilinishiga duch kelishi mumkin.
Bu holat yangilik emas. So‘nggi ikki yil davomida Moskva aeroportlari bir necha bor dron xavfi sabab vaqtincha to‘xtatilgan edi. Natijada ayrim xalqaro reyslar boshqa shaharlarga yo‘naltirilgan yoki kechiktirilgan.
Eng katta xavf sug‘urtagami?
Ekspertlar Zelenskiyning murojaati, avvalo, aviakompaniyalardan ko‘ra sug‘urta bozoriga qaratilgani haqida fikr bildirmoqda.
Aviatsiya sohasida xavf darajasi oshsa, sug‘urta kompaniyalari tariflarni qimmatlashtirishi yoki ba’zi yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishi mumkin. Bu esa aviakompaniyalar xarajatlarining oshishiga olib keladi.
Natijada Rossiyaga yoki Rossiya orqali amalga oshiriladigan reyslar qimmatlashishi ehtimoli paydo bo‘ladi.
Ukraina Rossiya osmonini "yopib qo‘ya" oladimi?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirish uchun Moskva va boshqa shaharlar aeroportlari ishini izdan chiqarish imkoniyati borligini aytgan edi.
Bu qay darajada real?
Bi-bi-si Rus xizmati harbiy sharhlovchisi Pavel Aksenovga ko‘ra, Ukraina buning uchun aeroportlar yoki yo‘lovchi samolyotlariga hujum qilishi shart emas.
Uning ta’kidlashicha, aeroport hududida ukrain droni paydo bo‘lishi havo qatnovlarini vaqtincha to‘xtatish uchun yetarli bo‘ladi. Bunday holatda Rossiyada "Kovyor" rejasi joriy etiladi, parvozlar bekor qilinadi yoki boshqa yo‘nalishga buriladi.
Aksenov fikricha, Ukraina ixtiyoridagi uzoq masofaga uchuvchi dronlar soni ortib borayotgani bunday operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.
Biroq u bu taktika xavflardan xoli emasligini ham qayd etadi.
Ekspertga ko‘ra, dronlar va fuqaro aviatsiyasi bir vaqtning o‘zida bir hududda bo‘lishi xatolar ehtimolini oshiradi. Bunday sharoitda dispetcherlar, uchuvchilar yoki havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan qilingan kichik xato ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Sharhlovchi bu borada 2024 yil dekabrida Grozniy osmonida sodir bo‘lgan hodisani misol keltiradi. O‘shanda Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Azerbaijan Airlines samolyotini xatolik bilan nishonga olgan. Samolyotning Qozog‘istondagi favqulodda qo‘nishi chog‘ida 38 kishi halok bo‘lgan edi.
Aksenov fikricha, Zelenskiyning bayonoti Rossiya tomonidan Kievga qarshi kuchaytirilgan havo hujumlariga javob sifatida yangragan. Uning ta’kidlashicha, frontdagi janglar sur’ati nisbatan pasaygan bir vaqtda tomonlar o‘rtasidagi "shaharlar urushi" va uzoq masofali zarbalar esa tobora kengayib bormoqda.
Bu urushda osmon ustidan nazorat masalasi nafaqat harbiy, balki iqtisodiy va psixologik bosim vositasiga ham aylanib bormoqda.
Hozircha parvozlar davom etmoqda
Shu bilan birga, Rossiya osmoni rasman yopilgani yo‘q. Yuzlab ichki va xalqaro reyslar odatdagidek amalga oshirilmoqda.
Hozircha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklov kiritilgani haqida ma’lumot yo‘q. Biroq Ukraina hujumlarining chuqurroq hududlarga tarqalishi va xavf haqidagi muhokamalar kuchayishi bilan aviakompaniyalar xavf-xatarni qayta baholashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Zatronul Putin i temu vozmojnoy mobilizatsii v Rossii — na fone sluxov, chto novaya volna mojet nachatьsya posle sentyabrьskix vыborov v Gosdumu. «Chushь sobachьya. Eto informatsionnaya ataka na Rossiyu», — skazal prezident Rossii.
Vmeste s etim Putin vnovь vыskazalsya o uspexax rossiyskoy armii, zayaviv, chto rossiyskim voennыm ostalosь 12 km do Sum, a v Xarьkovskoy oblasti pod rossiyskiy kontrol v avguste pereshli 14 naselennыx punktov, v tom chisle Svyatogorsk (etot gorod, vprochem, formalno otnositsya k Donetskoy oblasti — on raspolagaetsya na stыke Donetskoy, Xarьkovskoy i Luganskoy oblastey).
Moskva yaqinida to‘qnashuv xavfi haqida xabarlar
2025 yil sentyabrida Rossiya OAVlari Samarqanddan Moskvaga uchayotgan Uzbekistan Airways'ning Airbus A320 samolyoti bilan bir biznes-jet o‘rtasida xavfli yaqinlashuv bo‘lganini xabar qilgan. Hodisa Moskva yaqinidagi Vnukovo aeroportiga qo‘nish vaqtida yuz bergani aytilgan.
Biroq Uzbekistan Airways bu xabarlarni rad etgan. Kompaniya ekipaj dispetcher ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilganini, havo kemalari o‘rtasida xavfsiz masofa saqlanganini va bort xavfsizlik tizimlari hech qanday ogohlantirish bermaganini bildirgan.
Rossiya aeroportlarining dronlar sabab yopilishi
Ukraina dron hujumlari kuchayishi ortidan bir necha marta Uzbekistan Airways reyslari ham ta’sirga uchragan.
2025 yil dekabrida Moskva va Shimoliy Kavkazdagi bir qator aeroportlar dron xavfi tufayli vaqtincha yopilgan. Shuning oqibatida Qarshi-Moskva reysi Nijniy Novgorodga yo‘naltirilgan, Moskva-Samarqand va Moskva-Farg‘ona reyslari kechikkan.
2026 yil davomida ham Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlar bilan bog‘lovchi ayrim Uzbekistan Airways reyslarida kechikishlar va marshrut o‘zgarishlari kuzatilgani xabar qilingan.