Video - Islom Karimov oʻz onasiga tegishli ekani aytilgan molu mulk va bobosidan sovgʻa Shveytsariyadagi uy haqida...

Published

Marhum prezident Islom Karimovning nevarasi, hozirda Angliyada yashayotgan Islom Karimov oʻz onasi Gulnora Karimovaga Oʻzbekistonda qoʻyilayotgan barcha ayblovlarni rad etdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan suhbatda Islom Oʻzbekistonda onasiga qarshi taqdim etilayotgan maʼlumotlarni soxtalashtirilgani, "SNB yertoʻlasida kaltaklar asosida olingan" iqrorlar ekanini daʼvo qildi.

Kichik Islom Karimovning aytishicha, Gulnora Karimovada hech qachon Oʻzbekiston hukumati daʼvo qilayotgan darajada katta mablagʻ boʻlmagan.

Shveytsariyada Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan 20 million dollardan ortiq narxdagi uy esa "bobosi va buvisidan sovgʻa" boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02